MAKTAB BOSHQARUVIDA MANFAATDOR TOMONLARNING PARTISIPATIV QARORLAR QABUL QILISHDAGI ISHTIROKI VA ROLLARI
20.1000/mtv/2026/i7/39020255Abstract
Maqolada umumiy o'rta ta'lim muassasasini boshqarishda manfaatdor tomonlarning (o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar, kuzatuv kengashi hamda mahalla va jamoatchi - lik) partisipativ qarorlar qabul qilish jarayonidagi roli, ular ishtirok etadigan boshqaruv bosqichlari va jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ishtirokning ijobiy hamda salbiy tomonlari yoritilib, har bir manfaatdor tomonning aniq boshqaruv sohasi bo'yicha maqbul ishtirok darajasini, har bir manfaatdor tomonning partisipativ qaror qabul qilishdagi roli; ular ishtirok etadigan boshqaruv jarayonlari; manfaatdor tomonlar ishtirokining tizimlashtiril - gan modeli; mualliflik yondashuvi sifatida har bir manfaatdor tomonning maqbul ishtirok darajalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
- partisipativ boshqaruv
- manfaatdor tomonlar
- qaror qabul qilish
- taqsimlangan bilim
- kasbiy kapital
- kuzatuv kengashi
- o'zini-o'zi boshqarish
- ishtirok darajasi
- davlat-jamoat
- ta'lim sifati
Bibliographic details
| Publication type | Research article |
|---|---|
| Source | Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar (journal) |
| Volume, issue, pages | 2026, no. 7 |
| Publication date | 2026 |
| Publication language | Uzbek |
| Institution | Abdulla avloniy 20.1000 |
| Original address | — |
| Record created | 17 Sept 2026, 11:40 |
| Last updated | 17 Sept 2026, 11:40 |
Authors
Authors are listed in the order of the original publication.
References
- O'zbekiston Respublikasining O'RQ637son, 2020yil 23sentabr “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni.
- O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019yilda ro'yxatga olingan MYu3118son “Umumiy o'rta ta'lim muassasasi kuzatuv kengashi to'g'risidagi nizom”.
- Arnstein S.R. A Ladder of Citizen Participation // Journal of the American Institute of Planners. – 1969. – V ol. 35, № 4. – P. 216–224.
- Freeman R.E. Strategic Management: A Stakeholder Approach. – Boston: Pitman, 1984. – 276 p.
- Hargreaves A., Fullan M. Professional Capital: Transforming Teaching in Every School. – New York: Teachers College Press, 2012. – 240 p.
- Hoy W.K., Miskel C.G. Educational Administration: Theory, Research, and Practice. – 9th ed. – New York: McGrawHill, 2013. – 580 p.
- Mavlonova R.A. Maktab menejmentining asoslari. – Toshkent: O'qituvchi, 2008. – 168 b.
- Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: O'zbekiston, 2017. – 488 b.
- Po'latov Sh. Ta'limda menejment yoxud ta'lim muassasasini ilmiymetodik boshqarish strategiyasi. – Toshkent: Yosh kuch, 2019. – 256 b.
- Ortiqov N.O., Jo'rayev A.J. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi kengashi. – Toshkent, 2024.
- Yusupova G.N. Umumiy o'rta ta'lim boshqaruvini rivojlantirishda ayol direktorlar faoliyati va tajribasi: magistrlik dissertatsiyasi. – Termiz, 2024. – B. 50–52. (matritsa) ishlab chiqilishi lozim. Ikkinchidan, manfaatdor tomonlarning fikri qarorga qanday ta'sir ko'rsatgani ularga albatta qaytarib bildiri lishi ya'ni majburiy qaytma aloqa joriy etilishi kerak. Uchinchidan, ishtirok uchun muntazam va tartiblangan maydonlar (pedagogik kengash, otaonalar kengashi, o'quvchilar o'zinio'zi boshqarish organi, kuzatuv kengashi majlisla ri) faollashtirilishi zarur. To'rtinchidan, man faatdor tomonlarning ishtirok ko'nikmalarini oshirish bo'yicha o'quvuslubiy ishlar tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bu mexanizmlar O'zbekistondagi kuchli mahalla an'analari bi lan uyg'unlashtirilganda, milliy sharoitga mos, samarali partisipativ boshqaruv tizimini shakl lantirish imkonini beradi. Har bir manfaatdor tomon qaror jarayoniga almashtirib bo'lmaydigan noyob bilim bilan hissa qo'shadi: o'qituvchi pedagogik tajribani, o'quvchi bevosita o'quv tajribasini, ota ona oiladagi bilimni, kuzatuv kengashi mustaqil tashqi nuqtai nazarni, mahalla ijtimoiy kutilma va resursni keltiradi. Maktab direktori esa bu bilimlarni birlashtiruvchi muvofiqlashtiruvchi subyektdir. Manfaatdor tomonlarning ishtiroki barcha jarayonlarda bir xil emas; har biri o'zi eng ko'p qiymat qo'sha oladigan bosqichda eng faol bo'lishi maqsadga muvofiq. Bu “hamma narsada hammani ishtirok ettirish” xatosining oldini oladi. Manfaatdor tomonlar ishtiroki qaror sifati, ijro samaradorligi, legitimlik, kasbiy rivojla nish, fuqarolik ongi, ijtimoiy kapital va shaffof lik kabi ko'plab ijobiy natijalarni beradi; uning cheklovlari esa to'g'ri tashkiliy mexanizmlar orqali bartaraf etilishi mumkin.
The passport page is public. The PDF is not: the right to republish it may not exist.

