Jarayon

Metadatadan doimiy havolagacha

Har bir DRI to‘rt bosqichdan o‘tadi. Bosqichlar barcha tashkilotlar uchun bir xil va har bir qadamda kim nima uchun javob berishi aniq belgilangan.

01

Tashkilot metadata taqdim etadi

Nashr ma’lumotlari kabinet orqali qo‘lda yoki API orqali avtomatik yuboriladi: sarlavha, mualliflar, manba, yil, sahifalar, til va asl nashr manzili. Tashkilot ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Mas’ul: tashkilotKirish nuqtasi: kabinet yoki API
02

Tizim tekshiradi va DRI shakllantiradi

Majburiy maydonlar to‘liqligi, formatlar va takroriy yozuvlar nazoratdan o‘tkaziladi. Tekshiruvdan o‘tgan yozuv uchun noyob identifikator yaratiladi va u boshqa hech qachon qayta ishlatilmaydi.

Mas’ul: platformaNatija: noyob DRI
03

Yozuv milliy reyestrda e’lon qilinadi

Tasdiqlangan yozuv ochiq reyestrga joylanadi va o‘zining bibliografik pasport sahifasini oladi. Faqat tasdiqlangan holatdagi yozuvlar ommaga ko‘rinadi.

Natija: ochiq pasportKo‘rinish: hammaga ochiq
04

Havola manbaga yo‘naltiradi

DRI havolasi foydalanuvchini nashrning joriy manziliga yoki pasport sahifasiga olib boradi. Manba vaqtincha ishlamasa, pasport sahifasi baribir ochiq qoladi va holat tushuntiriladi.

Xizmat: yo‘naltiruvchiHavola o‘zgarmaydi

Metadata maydonlari

Quyidagi maydonlar maqola uchun asos hisoblanadi. Nashr turiga qarab qo‘shimcha maydonlar talab qilinishi mumkin.

MaydonHolatiIzoh
Nashr sarlavhasiMajburiyMaqolaning asl tilidagi sarlavhasi.
MualliflarMajburiyHujjatda yozilganidek. Ism va familiya alohida bo'lsa yaxshi, lekin majburiy emas - bo'lmasa to'liq ism saqlanadi.
Nashr tiliMajburiyMaqolaning tili, interfeys tili emas.
Nashr sanasiMajburiyKamida yil. To'liq sana bo'lsa, u ham saqlanadi.
AnnotatsiyaMajburiyTZ 5.7 maqola uchun majburiy deydi.
Kalit so‘zlarMajburiyUchtadan o'n beshtagacha.
PDF faylMajburiyFayl PDF bo'lishi kerak va uni baytlari bo'yicha tekshiriladi; kengaytma yetarli emas. Fayl yopiq qoladi.
Jurnal va sonIxtiyoriySon ma'lum bo'lsa, DRI tarkibida jurnal kodi va son ko'rinadi. Noma'lum bo'lsa, qisqa shakl beriladi - keyin tuzatish mumkin.
Sahifalar, UDK, litsenziya, tashqi havolalarIxtiyoriyBo'lsa saqlanadi, bo'lmasa o'ylab topilmaydi (D03).

Yozuv yangilansa nima bo‘ladi?

Metadata to‘g‘rilanishi yoki manba manzili o‘zgarishi mumkin. Bunday hollarda identifikator o‘zgarmaydi — faqat yozuv mazmuni yangilanadi va o‘zgarish sanasi qayd etiladi.

Identifikator

O‘zgarmaydi va qayta ishlatilmaydi.

Metadata

Tashkilot so‘rovi asosida yangilanadi, o‘zgarish sanasi pasportda ko‘rsatiladi.

Xato topilsa

Pasport sahifasidagi “Xato haqida xabar berish” havolasi orqali murojaat qilinadi.