Kabinet va metadata bilan ishlash
Qo‘llanma tashkilotning mas’ul xodimlari uchun. U yozuv kiritishdan uni yangilashgacha bo‘lgan kundalik ishlarni qamrab oladi.
Kabinetga kirish
Hisob ma’lumotlari kelishuv rasmiylashtirilgandan so‘ng mas’ul xodimga rasmiy aloqa kanali orqali yuboriladi. Birinchi kirishda parolni almashtirish va ikki bosqichli tasdiqni yoqish talab qilinadi.
Kabinet manzili: kabinet.nationaldri.uz. Hisob faqat tashkilot xodimlariga beriladi; hisobni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
Yozuv kiritish
“Yangi yozuv” bo‘limini oching va nashr turini tanlang.
Majburiy maydonlarni to‘ldiring: sarlavha, mualliflar, manba, sana, til.
Annotatsiya va kalit so‘zlarni kiriting — ular qidiruv sifatini sezilarli oshiradi.
Ma’lumotlarni asl nashr bilan solishtirib tekshiring va yuboring: avtomatik tekshiruvdan o‘tgach DRI darhol beriladi.
Tekshiruv holatlari
Yozuv saqlangan, lekin hali yuborilmagan. Ommaga ko‘rinmaydi.
Avtomatik tekshiruv bosqichida. U yuborilgan zahoti bajariladi; qo‘lda tasdiqlash yo‘q.
DRI berilgan, yozuv ochiq reyestrda ko‘rinadi.
Kamchilik darhol ko‘rsatiladi, DRI berilmaydi; tuzatilgach yozuv qayta yuboriladi.
Yozuvni yangilash
Metadata xatosi topilsa yoki manba manzili o‘zgarsa, yozuv tahrirlanadi. Identifikator o‘zgarmaydi: pasport sahifasida faqat “Oxirgi yangilanish” sanasi yangilanadi. Maqola noto‘g‘ri songa yuklangan hollardagina yangi asosiy DRI beriladi; avvalgisi saqlanadi va unga yo‘naltiradi. Yozuvni butunlay o‘chirish mumkin emas.
Ommaviy yuklash
Katta hajmdagi yozuvlar CSV shabloni yoki API orqali yuboriladi. Shablon kabinetdagi “Ommaviy yuklash” bo‘limidan olinadi; ustunlar nomi o‘zgartirilmasligi kerak.
file; type; journal_code; conference_code; volume; number; year; article_no; title; title_en; abstract; abstract_en; authors; language; keywords; udc; pages_first; pages_last; published_date; license; target_url; ejournal_available; referencesMualliflar va kalit so‘zlar nuqtali vergul (;) bilan, adabiyotlar esa vertikal chiziq (|) bilan ajratiladi.
Tez-tez uchraydigan xatolar
Manba havolasi ochilmayapti
Mualliflar tartibi noto‘g‘ri
Bir nashr uchun ikkinchi yozuv
Sarlavhada ortiqcha belgilar
Texnik integratsiya rejalashtirilayotgan bo‘lsa, API hujjatlari va sinov muhitidan foydalaning.
API va integratsiya
