Texnik hujjatlar

API va integratsiya

Ochiq o‘qish interfeysi hammaga, yozuv yuborish interfeysi esa kelishuv imzolagan tashkilotlarga taqdim etiladi. Barcha so‘rovlar HTTPS orqali, javoblar JSON formatida qaytadi.

Bazaviy manzil: api.nationaldri.uz/v1Sinov muhiti: hozircha mavjud emas

Asosiy so‘rovlar

GET/works/{dri}Ochiq

Bitta yozuvning to‘liq metadatasini qaytaradi.

{
  "dri": "20.1000/mtv/2026/i8/41114581",
  "status": "active",
  "type": "article",
  "title": "XALQ EPIK MEROSI (DOSTON VA MAQOLLAR)NING…",
  "authors": [{ "full_name": "Turdiyev Azizbek Anvarjonovich", "sequence": 1 }],
  "journal": { "code": "mtv", "name": "Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar" },
  "issue": { "year": 2026, "volume": null, "number": "8" },
  "language": "uz",
  "target_url": "https://journal.avloniy.uz/uz/article/xalq-epik-merosi-doston-va-maqollarning-oquvchilar-xulq-atvor-madaniyatini-shakllantirishdagi-didaktik-imkoniyatlari",
  "institution": { "name": "Abdulla avloniy" },
  "created_at": "2026-09-23T12:11:35.865390Z",
  "updated_at": "2026-09-23T12:11:35.827008Z",
  …
}
GET/search?q=&type=&year_from=&year_to=&institution=&page=Ochiq

Reyestr bo‘yicha qidiruv. Sahifalash page va page_size parametrlari bilan boshqariladi (standart 20, eng ko‘pi 100).

POST/worksToken talab qilinadi

Yangi yozuv yuboradi. Javobda yakuniy DRI qaytadi: u avtomatik texnik tekshiruvdan o‘tgan zahoti beriladi. Idempotency-Key sarlavhasi majburiy — takroriy so‘rov ikkinchi DRI yaratmaydi.

PATCH/works/{dri}/target-urlToken talab qilinadi

Maqolaning tashqi sahifa havolasini saqlaydi yoki yangilaydi. Identifikatorni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Autentifikatsiya

Yozuv yuborish uchun tashkilotga token beriladi. Token har bir so‘rovda sarlavhada uzatiladi va uni oshkor qilish taqiqlanadi.

Authorization: Bearer <token>
Content-Type: application/json
Accept-Language: uz

Tokenning amal qilish muddati yo‘q: u kabinetda bekor qilinguncha ishlaydi.

So‘rovlar chegarasi

Ochiq interfeys uchun daqiqasiga 120 so‘rov; token bilan daqiqasiga 600 so‘rov.

Xatolik kodlari

400so‘rov tuzilishi noto‘g‘ri

401token yo‘q yoki yaroqsiz

409takroriy yozuv aniqlandi

422metadata talablarga mos emas

429so‘rovlar chegarasi oshib ketdi

Sinov muhiti

Sandbox’dagi yozuvlar ommaviy reyestrga tushmaydi va istalgan vaqtda tozalanadi.

To‘liq tavsif koddan avtomatik yaratiladi: interaktiv hujjat (Swagger UI) va OpenAPI sxemasi (JSON).

DRI grammatikasi

Identifikatorning shakli u qanday obyektni bildirishini ko‘rsatadi; shakllar bir-birining o‘rnini bosmaydi. Namunalarda 20.9999 sinov prefiksi ishlatilgan — u faqat sinov muhitida beriladi.

ObyektNamuna
Maqola — jild va son ma’lum20.9999/talim/2026/v12_i3/48213907
Maqola — faqat son ma’lum20.9999/talim/2026/i3/73582146
Maqola — son noma’lum20.9999/91630482
Jurnal sonining o‘zi20.9999/talim/2026/v12_i3
Konferensiya to‘plami20.9999/konf/2026
Tezis — to‘plam ichidagi tartib raqami20.9999/konf/2026/17
Dissertatsiya20.9999/tdu/d2026/4
Kitob20.9999/nashr/b2026/12
Identifikator o‘zgarmaydi. Berilgan DRI hech qachon boshqa ishga o‘tkazilmaydi va hech qachon o‘chirilmaydi. Maqola noto‘g‘ri songa yuklangan bo‘lsa, yangi identifikator beriladi, eskisi esa saqlanadi va yangisiga yo‘naltiradi. Chaqirib olingan ish ham ochiladi — pasport sahifasi buni aytadi.

Metadata talablari

Yozuv yuklanganda tizim tekshiradigan maydonlar. Ro‘yxat reyestrning o‘zidan olinadi, shuning uchun u yuklashni tekshiradigan qoidalar bilan doim bir xil.

Maqolaarticle

MaydonMajburiyChegaraIzoh
titleHa<= 1000Maqolaning asl tilidagi sarlavhasi.
authorsHa>= 1Hujjatda yozilganidek. Ism va familiya alohida bo'lsa yaxshi, lekin majburiy emas - bo'lmasa to'liq ism saqlanadi.
languageHaMaqolaning tili, interfeys tili emas.
published_yearHa1900..2027Kamida yil. To'liq sana bo'lsa, u ham saqlanadi.
abstractHa<= 10000TZ 5.7 maqola uchun majburiy deydi.
keywordsHa3..15Uchtadan o'n beshtagacha.
pdfHaFayl PDF bo'lishi kerak va uni baytlari bo'yicha tekshiriladi; kengaytma yetarli emas. Fayl yopiq qoladi.
journal / issueYo‘qSon ma'lum bo'lsa, DRI tarkibida jurnal kodi va son ko'rinadi. Noma'lum bo'lsa, qisqa shakl beriladi - keyin tuzatish mumkin.
pages, UDC, licence, external linksYo‘qBo'lsa saqlanadi, bo'lmasa o'ylab topilmaydi (D03).

Tezis, dissertatsiya va kitobthesis, dissertation, book

MaydonMajburiyChegaraIzoh
titleHa<= 1000Hujjatning sarlavhasi.
languageHaHujjatning tili.
yearHa1900..2027DRI tarkibiga kiradi, shuning uchun keyin o'zgarmaydi.
ordinalYo‘q>= 1Berilmasa, keyingi bo'sh raqam taklif qilinadi. Band raqam ko'chirilmaydi - rad etiladi, chunki chop etilgan to'plamga zid bo'lib qoladi.